Qushqoʻnmas
detoks, jigar haqida gʻamxoʻrlik, ovqat hazm qilishni yaxshilash
300 mg, 60 kapsula
Biologik faol qoʻshimcha. Dori vositasi emas.
Rasmdagi qadoq dizayni sotuvdagidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Qushqoʻnmas urugʻi ekstrakti
- Gepatoprotektor taʼsirga ega boʻlib, jigar salomatligini saqlashga va jigar kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.
- Shikastlangan jigar toʻqimasida struktura oqsillari va fermentlar sintezini faollashtirib, hujayralarning tiklanish jarayonlarini ragʻbatlantiradi.
- Oʻt haydovchi taʼsirga ega va ovqat hazm qilish jarayonining meʼyorlashishiga yordam beradi.
- Gepatotsitlar membranalarining oʻtkazuvchanligini tartibga soladi va ularga barqarorlashtiruvchi taʼsir koʻrsatib, ularga toksinlar kirishiga toʻsqinlik qiladi. Jigarning turli intoksikatsiyalarida qoʻllaniladi.
- Antioksidant va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarni namoyon qiladi. Jigar hujayralarini erkin radikallar taʼsirida shikastlanishdan himoya qilishga yordam beradi va yalligʻlanish jarayonlari rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.
- Jigar fibrozi rivojlanishining oldini oladi va uning avj olishini sekinlashtiradi.
Qoʻllash boʻyicha tavsiyalar
Kattalarga 1 kapsuladan kuniga 2 marta ovqat vaqtida.
Qabul qilish davomiyligi — 1 oy. Zarurat boʻlganda qabulni takrorlash mumkin.
Yosh cheklovi: 18+.
Qarshi koʻrsatmalar: tarkibiy qismlarni individual koʻtara olmaslik, homiladorlik, emizish davri. Qoʻllashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Tarkibi
2 kapsula (sutkalik doza) tarkibida:
- Qushqoʻnmas urugʻi ekstrakti — 400 mg, shu jumladan flavolignanlar yigʻindisi (silimarin) 80 mg dan koʻp emas.
Yordamchi moddalar: yopishishga qarshi vositalar mikrokristall sellyuloza va stearin kislotasining kalsiyli tuzi, kapsula (gidroksipropilmetilsellyuloza).
Qayerdan sotib olish
GLS mahsulotlari quyidagi dorixonalar va hamkorlarda sotiladi. Mavjudligini sotuvchidan aniqlang.
Uzum Market — Saytga oʻtish
Marketpleys
CITI PHARM — Saytga oʻtish
Dorixona
Navbahor — Saytga oʻtish
Dorixona
Shams Dorixona — Instagram
Dorixona
Young Pharm — Instagram
Dorixona









