Ariza qoldirish
UZRU

Elektrolit REDJAR 6 in 1 (limon)

izotonik, limon taʼmli shipuchi tabletkalar

shipuchi tabletkalar 3,8 g, 60 dona

Biologik faol qoʻshimcha. Dori vositasi emas.

Rasmdagi qadoq dizayni sotuvdagidan farq qilishi mumkin.

Tavsif

Izotonik jismoniy yuklamalar jarayonida sarflanadigan zarur mikroelementlarni (elektrolitlarni) organizmda toʻldirish uchun moʻljallangan.

Mushaklar va nervlarning asosiy funksiyalarini saqlash uchun zarur. Organizmda elektrolitlar balansini saqlash ish qobiliyatini oshirishga hamda jismoniy yuklamalardan, shuningdek oʻtkazilgan kasalliklardan keyin toʻgʻri tiklanishga yordam beradigan muhim omil hisoblanadi.

  • Natriy Natriy organizmda suyuqlik balansini tartibga solishda muhim rol oʻynaydi. Nerv qoʻzgʻalishining uzatilishiga va mushaklarning qisqarishiga yordam beradi. Organizmda natriy yetishmasligining asosiy belgilari mushaklar holsizligi, mushak tortishishlari, qon aylanishining buzilishidir.
  • Kaliy Kaliy organizmdan ortiqcha suyuqlikning chiqarilishiga yordam beradi, bosimni meʼyorlashtiradi, yurak faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, spazmlarning oldini oladi. Kaliy isteʼmoli kalsiyning siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi. Organizmda kaliy yetishmasligining asosiy belgilari tez charchash, mushaklar holsizligi, yurak urishining tezlashishidir. Kaliy yetishmasligi nerv impulslari uzatilishining buzilishiga olib keladi.
  • Kalsiy Kalsiy suyaklar va tishlarning shakllanishida, yurak faoliyatida muhim rol oʻynaydi. Nerv impulslarining uzatilishida va mushaklarning qisqarishida, qon ivish jarayonlarida ishtirok etadi. Organizmda kalsiy yetishmasligining asosiy belgilari holsizlik va tez charchash, uyqusizlik, qoʻl va oyoq barmoqlarining uvishishi va sanchishi, mushak tortishishlaridir. Kalsiy yetishmasligi immunitetni susaytiradi.
  • Magniy Magniy uyquning meʼyorlashishiga yordam beradi, emotsional holatga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, stressni osonroq yengishga yordam beradi. Mushaklarni boʻshashtiradi, tortishishlar, mushak va boʻgʻim ogʻriqlari paydo boʻlishining oldini oladi. Yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytiradi. Suyaklar va tishlarning shakllanish jarayonida ishtirok etadi. Organizmda magniy yetishmasligining asosiy belgilari mushak spazmlari, charchoq, apatiya va uyqusizlikdir.

1 tabletkaning (3,8 g) ozuqaviy qiymati (oʻrtacha qiymatlar): uglevodlar – 1 g.

Energetik qiymati: 30 kJ/ 10 kkal.

Qoʻllash boʻyicha tavsiyalar

Tayyorlash usuli: 1 tabletkani 500 ml suvda eriting.

Tayyorlangan ichimlikni kun davomida isteʼmol qiling.

Yosh cheklovi: 18+.

Tarkibi

1 shipuchi tabletka tarkibida:

  • Natriy - 300 mg (natriy karbonat va natriy gidrokarbonatdan);
  • Kaliy - 150 mg (kaliy gidrokarbonat va kaliy xloriddan);
  • Magniy - 25 mg (magniy oksididan);
  • Kalsiy - 13 mg (kalsiy karbonatdan).

Yordamchi moddalar: maltodekstrin, kislotalilik regulyatori limon kislotasi, stabilizator polietilenglikol, shirinlashtiruvchi steviya ekstrakti, «Limon-Laym» aromatizatori (aromatik ingrediyentlar, maltodekstrin, stabilizator gummiarabik), L-leytsin, boʻyoq riboflavin.

Qayerdan sotib olish

GLS mahsulotlari quyidagi dorixonalar va hamkorlarda sotiladi. Mavjudligini sotuvchidan aniqlang.

Barcha hamkorlar

Hamkorlik

GLS bilan ishlashni boshlang

Bir nechta savolga javob bering — biz siz bilan bogʻlanamiz, hamkorlik shartlari haqida aytib beramiz va vazifalaringizga mos GLS mahsulotlarini tanlab beramiz.

  • Dorixonalar va distribyutorlar uchun ulgurji shartlar
  • Mahsulotlar boʻyicha mutaxassis maslahati
  • Shifokorlar uchun namunalar va materiallar

Siz koʻrayotgan mahsulot: Elektrolit REDJAR 6 in 1 (limon), shipuchi tabletkalar 3,8 g, 60 dona

Ish vaqtida siz bilan bogʻlanamiz, vazifani aniqlab, mos shartlarni taklif qilamiz.